22:20 / 14.05.2016
13061

Video: Dahshat filmini ko‘rayotgan mushuk qo‘rquvdan sapchib qochib ketdi

Internetda o‘z oldida bo‘layotgan hodisalardan qo‘rquvdan ko‘zlari chiqib ketayozgudek bo‘lgan mushuk videosi ommalashmoqda.

Foydalanuvchilar videoga izohlarida mushuk unga 13 may, juma kuni qo‘yib berilgan filmdan qattiq qo‘rqib ketgan, deb taxmin bildirishmoqda.   

Videoda mushuk katta ochilgan ko‘zlarini u yerdan-bu yerga yugurtirayotganini ko‘rish mumkin, video so‘ngida esa u umuman sakrab, kadrdan g‘oyib bo‘ladi. 

Rolikka dahshat filmlarda uchraydigan tovush qo‘llangan, bu esa videoni yanada "dahshatliroq" qiladi.

Top