22:38 / 15.05.2016
4153

Bokschi Uaylder Moskvaga Povetkin bilan jang qilgani kelmaydigan bo‘ldi

Butunjahon bokschilik kengashi (WBC) talqini bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Deontey Uaylder rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan jang qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda amerikalik bokschining murabbiyi va menejyeri Jyey Dizga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Uaylder Povetkinning doping namunalarida meldoniyning minimal miqdordagi qoldiq izlari topilgani sababli jang qilishdan bosh tortdi. 

"Povetkin bilan jang bo‘lib o‘tadimi? Buni undan so‘rang, u bizni aldadi", deb aytdi Diz.

Rossiyalik bokschining qonida 70 nanogramm meldoniy moddsi aniqlangan. Bu haqda "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi rahbari va Povetkinning vakili Andrey Ryabinskiy tvitterda ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, bokschi oxirgi marta meldoniyni 2015 yil sentabrda, ya'ni bu modda taqiqlanishidan avval qabul qilgan.

Jang 21 mayda Moskvadagi "Megasport" arenasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Top