Angliyaning joriy mavsumdagi chempioni "Lester" himoyachisi va sardori Ues Morgan Angliya chempionatining so‘nggi 38-turida "Chelsi"ga qarshi uchrashuvda maydonda harakat qildi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Shu tariqa, yamaykalik futbolchi APL tarixida jamoa uchun chempionlik qo‘lga kiritilgan mavsumda barcha uchrashuvlarni boshidan oxirigacha o‘tkazgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.
Avval bunday natijaga 1992/93 yillardagi mavsumda Gari Pallister (Manchester Yunayted) va 2014/15 yillardagi mavsumda Jon Terri (Chelsi) muvaffaq bo‘lgandi.