11:09 / 15.05.2016
5158

Tvitterning rossiyalik foydalanuvchilari «Yevrovideniye»dagi yangicha baholash tizimini tanqid qilishdi

Tvitterning rossiyalik foydalanuvchilarining fikricha,«Yevrovideniye-2016» qo‘shiq tanlovi g‘olibi rossiyalik xonanda Sergey Lazarev bo‘lishi kerak edi.

RIA «Novosti» agentligi xabarida qayd etilishicha, «Yevrovideniye-2016» teletomoshabinlarining eng ko‘p qismi o‘z ovozlarini Sergey Lazarev uchun berishdi, ammo hakamlarning ovozlari tufayli rossiyalik xonanda uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Lazarevga 26ta davlat hakamlaridan faqat 4tasi (Ozarbayjon, Kipr, Belarus va Gretsiya) maksimal ball qo‘ydi.

Ukraina vakili Jamala muxlislar ovoz berishiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo unga 26ta davlatning 9tasida 12 balldan qo‘yishdi (San-Marino, Gruziya, Daniya, Moldaviya, Latviya, Isroil, Serbiya, Polsha, Sloveniya).

Tvitter foydalanuvchilari ovoz berishning bunday tizimini tanqid qilishdi va bu tizim bahs-munozaralar keltirib chiqardi.

«Ovoz berishning yangi tizimi menga juda dahshatli ko‘rindi. Barchasi shaffof emas. Lekin oddiy odamlarga kimning chiqishi yoqqanini ko‘rdi», — deb yozgan Aleksandr Afanasev ismli tvitter foydalanuvchisi.

Ba'zi foydalanuvchilar hakamlarga nisbatan keskin fikrlar bildirishgan. «Hakamlarning ovoz berishi uyatli va sharmandali o‘tdi», — deya yozgan Dmitriy Guryanov.

Ko‘pchilik esa ukrainlar va rossiyaliklar bir-birini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etgan.
«Bari bir Ukraina va Rossiya birodar xalqlar, ovoz berishlar shuni ko‘rsatdi. Biz ularga 10 ball berdik, ular esa bizning vakilimizni maksimal ball bilan baholashdi - 12».

Bundan oldinroq tashkilotchilar «Yevrovideniye-2016» tanlovi finalidagi dramatizmdan mamnun bo‘lishgani haqida xabar berilgandi.

Top