18:21 / 16.05.2016
2771

Amazon mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Amazon kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari va uy buyumlari savdo markalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi. 

Xususan, Happy Belly, Wickedly Prime, Presto! va Mama Bear markalari bozorning rang-barangligini boyitishi ko‘zda tutilgan. Ushbu nomlar ostida Amazon yong‘oqlar, ziravorlar, quruq choy, kofe, bolalar ozuqasi, vitaminlar va maishiy texnika ishlab chiqaradi. 

Kompaniya faqat Amazon Prime’ga a'zolikni rasmiylashtirgan foydalanuvchilariga o‘z liniyasi mahsulotlarini taklif etadi. 

Kompaniya mahsulotlari Amazon saytida may oxirlari yoki iyun boshlari paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Top