8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

10:54 / 16.05.2016 2059

Angliya cherkovi Google kompaniyasiga millionlab dollar sarmoya kiritmoqchi

Angliya cherkovi, garchi soliq to'lamaydigan firmalarga qarshi kurashish bo'yicha va`da berganiga qaramay, Google’ga millionlab dollar sarmoya kiritmoqchi, deb yozmoqda The Times gazetasi.

Cherkov komissionerlari kuni kecha e`lon qilgan yillik hisobotida ma`lum qilishlaricha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi «cherkov ma`muriyati mablag'lari kiritiladigan 20 ta eng qimmat kompaniyadan biridir». Biroq hozircha sarmoyalar hajmiga oydinlik kiritilgani yo'q. 

Shuning barobarida, qayd etilishicha Cherkov ma`muriyati 7 mlrd funt sterling (10mlrd 48 mln 300 ming AQSh dollari) miqdoridagi sarmoyani nazorat qiladi. 

O'tgan yilning may oyida Angliya cherkovi neft va ko'mir qazib oluvchi kompaniyalardagi ulushini, ularning atrof-muhitga yetkazayotgan zarari tufayli 12 mln funtga qisqartirishini bildirgan edi.

Teglar

Top