22:26 / 16.05.2016
3717

"Blok Pyotra Poroshenko" fraksiyasiga yangi rahbar saylandi

Ukrainada "Blok Pyotra Poroshenko" fraksiyasiga yangi rahbar etib bir ovozdan Igor Griniv saylandi.Bu haqda deputat Viktor Pinzenik ma'lum qildi

Uning aytishicha, bu qaror fraksiya yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilingan. Pinzenik Griniv nomzodi ovoz berishga qo‘yilgan yagona nomzod bo‘lganini ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, Griniv Radaning 5-chaqiriqdagi deputati hisoblanadi. U 2014 yil 18 iyundan Poroshenkoning maslahatchisi lavozimini egallagan. 2014 yil 17 noyabrda Poroshenko Grinivni ma'muriyati boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan Rada deputati etib saylangani sababli ozod etgan. Griniv ayni vaqtgacha parlamentning axborotlashtirish va aloqa masalalari bo‘yicha raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan.

12 may kuni Rada "Blok Pyotra Poroshenko" fraksiyasi rahbari Yuriy Lutsenkoning vakolatini u bosh prokuror etib tayinlangandan keyin muddatdan avval to‘xtatdi.

Top