17:11 / 16.05.2016
3790

Eronda Instagram’dan axloqsizlik bilan foydalangani uchun 2 yil davomida 170 kishi hibsga olingan

Eron hukumati Instagram ijtimoiy tarmog‘idan axloqsizlik yo‘lida foydalanganlik aybi bilan sakkiz kishini hibsga oldi. Bu haqda Tehron kompyuter jinoyatchiliklari bo‘yicha sud raisi Javad Babay so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

Hibsga olish ishlari “O‘rgimchak II” operatsiyasi doirasida amalga oshirildi. Operatsiya ikki yil davomida olib borildi va unda yollanma agentlar ham ishtirok etdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining maqsadi hijobsiz suratlarini joylashtirgan ayol-modellarni qo‘lga olish edi. Chunki Eronda ayollarning hijobsiz atrofdagilarga ko‘rinishi man etilgan. 

Sud murojaatida Instagram – suratlar va videolarni almashish uchun ilovada o‘z akkauntini yuritgan 170 kishi – fotograflar, grimyorlar, modellar va go‘zallik saloni boshqaruvchilari nomlari keltirildi. 

“Ular islom dini tartiblariga zid bo‘lgan ahloqsiz madaniyatni targ‘ib qilgan”, - deyiladi sud raisi murojaatida.

Bundan tashqari, hibsga olishdan tashqari hukumat 20dan ortiq gumondorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

Eronda Facebook, Twitter va YouTube taqiqlangan. Biroq Instagram eronliklar o‘rtasida juda ommalashgan.

Top