16:11 / 16.05.2016
5423

Lazertouch - Andriod-planshet funksiyasiga ega mini-proyektor

Lazertouch - mini-proyektor bo‘lib, u istalgan yuza qismni sensorli ekranga ega 15 dyuymli Android-planshetga aylantirib bera oladi. Teginish va ishoralarni aniqlash uchun qurilma yuza bilan parallel ravishda nur chiqaruvchi lazerni ishga tushiradi. Android OT ko‘plab video, foto dasturlar, web-saytlar, o‘yinlar va boshqa mobil ilovalar bilan ishlay oladi.

Portativ gadjyetda simsiz Wi-Fi 2.4G moduli hamda Bluetooth 4.0, USB va mini-HDMI portlari, microSD uchun joy, 1.5 Vt dinamika, standart audio ulagichli quloqchinlar, 13600 mAch sig‘imli akkumulyator mavjud. Proyektor o‘lchamlari 135x195x38 mm bo‘lib, og‘irligi 750 grammni tashkil etadi. U 4K hajmdagi videolarni tasvirga olish imkoniga ega. IndieGoGo’da avvaldan buyurtma qilish orqali qurilmani 475 dollarga sotib olish mumkin.

 


 

Top