11:34 / 16.05.2016
9653

Miya saratonini davolashda samarali yangi usul topildi

Ilg‘or tadqiqotlar Xalqaro maktabi mutaxassislari miya saratoni tajovuzkor o‘smalaridan biri – glioblastomani davolashda samarali yordam beruvchi gen terapiyasi usulini ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari Oncotarget tibbiyot nashrida chop etilgan. Bu haqda SISSA saytiga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi. 

Davolashning asosiy kaliti bo‘lib Emx2 nomi bilan mashhur gen xizmat qiladi. U glial hujayralardan biri – astrotsitlar o‘sishini embrional davridayoq bartaraf etishga javob beradi.

Tajribalar shuni ko‘rsatdi-ki, Emx2 genini faollashtirish saraton hujayralari o‘sishiga samarali to‘sqinlik qila oladi, chunki gen oltita turli nuqtalarda metabolizm jarayoni buzilishiga yordam beradi. 

Saratonning o‘sma rivojlanishini susaytiruvchi terapiyaga chidamliligi zararli hujayralar davolanishga qarshilik ko‘rsatish uchun foydalanadigan ko‘p sonli aylanib o‘tish yo‘llari bilan izohlanadi. Emx2 geni ta'sir etganda esa glioblastomaning rivojlanishi amri mahol. 

Olimlar ushbu yangilik saraton o‘smalarining zararli turlariga qarshi kurashda qo‘l kelishiga ishonch bildirishgan.

Top