20:52 / 16.05.2016
6161

“O’zdaverloyiha” rahbarlaridan birining soxtakor faoliyatiga chek qo‘yildi

2008 yilda “O’zdaverloyiha” O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash institutining Surxondaryo bo‘linmasi direktori lavozimiga tayinlangan Sobir Hakimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bu vazifada besh yil faoliyat yuritdi. O‘tgan davrda u geodeziya, kartografiya  va boshqa shu kabi ishlar tuzilgan smeta hujjatlariga soxta ma'lumotlar kiritishni o‘ziga kasb qiladi, deb yozmoqda “Huquq” nashri.

Ya'ni shartnomalarda yuklatilgan vazifalar amalda to‘liq bajarilmasa-da, “bajarildi”  deya hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritadi. S.Hakimov shu yo‘l bilan davlat byudjyetidan ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib olaveradi. Bu ishda unga bo‘linma bosh muhandisi Shahboz Nuriddinov yordam beradi. Jumladan, 2009 yilning yanvar oyida Yangiqo‘rg‘on, Chortoq va Uchqo‘rg‘on tumanlari ma'muriy chegarasidagi barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarini yo‘qlamadan o‘tkazish yuzasidan shartnoma tuziladi. Biroq amalda shartnoma shartlari to‘liq bajarilmaydi. Tumanlardagi  2  ming  558 ta xo‘jalikning 38  ming  424  gektar yer maydoni yo‘qlamadan o‘tkazilmagani holda, loyiha-qidiruv ishlari tayyorgarligi haqidagi dalolatnomaga soxta ma'lumotlar kiritilib, 7  mln. so‘mlikdan ziyodroq bajarilmagan ishlar qiymati to‘lovga taqdim etiladi.

Fevral oyida esa Jarqo‘rg‘on, Termiz, Uzun, Denov va Sariosiyo tumanlarida (massivlar bo‘yicha) elektron raqamli xaritalar tuzish ishlarini bajarish yuzasidan tuzilgan shartnoma asosidagi hujjatlarga soxta ma'lumotlar qo‘shib, bajarilgan ishlar dalolatnomasiga 8 mln. 475  ming so‘mlik hamda 2  mln.so‘mlik ortiqcha bajarilgan ishlar qiymatini kiritishadi va shu yo‘l bilan davlat byudjyetining 6 mln. so‘mdan oshiq mablag‘ini talon-taroj qilishadi.

Bo‘linma mutasaddilari tomonidan yuqoridagi yo‘llar bilan jami 28  mln. 60 ming so‘mlik byudjyet mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinadi.

Yakkasaroy tumanida ro‘yhatdan o‘tgan “Grand Glassik” MChJ rahbari Murod Sattarov bilan “O’zdaverloyiha” mutasaddilari o‘rtasidagi ko‘chatlar, xo‘jalik mollari yetkazib berish, kompyuter xizmati ko‘rsatish kabi ishlar yuzasidan shartnomaar imzolandi. Keyin esa mahsulot yetkazib berilgani haqidagi hisob varaqalar va ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarga soxta ma'lumotlar kiritilib, “Grand Glassik” MChJning muhri va “O’zdaverloyiha”ning devonxona muhri qo‘yiladi. Ammo imzolanmasdan, shuningdek, belgilangan ishlar bajarilmagan, mahsulotlar esa yetkazib berilmagan bo‘lishiga qaramay, ushbu shartnomalarga asosan   “O’zdaverloyiha” tomonidan “Grant Glassik” MChJning hisob raqamiga 63 mln. so‘mdan oshiqroq mablag‘ o‘tkazib beriladi va ushbu pullar M.Sattarov omonidan naqdlashtirilib, o‘zoro bo‘lib olinadi.

Aniqlanishicha, “Grant Glassik” MChJ rahbari Murod Sattarovning qing‘irliklari faqat shulardangina iborat emas ekan.  U “Ziyo Non” ShK bilan mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnmoa imzolaydi va MChJ “Grand Glassik” qabul qilindi” yozuvli shtamp yasattiradi va uni ShK mansabdorlariga berib yuboradi. Ular tomonidan esa, o‘z navbatida, shartnoma bo‘yicha jami 340 mln.so‘mlik qolipli nonlar olinishi yuzasidan rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarga shtamp qo‘yiladi. Biroq “Grant Glassik” MChJ tomonidan non mahsulotlari kirim qilinmay, naqd pulga sotib yuboriladi. Bu bilan esa savdo qoidalari juda ko‘p miqdordagi qiymatda buziladi. 

Ushbu holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.

Top