00:00 / 16.05.2016
9566

Pele: "Men futbol qiroliman, Messi esa oxirgi 15 yilda shahzodaga aylandi"

Afsonaviy braziliyalik sobiq futbolchi Pele argentinalik Alfredo Di Stefano Diyego Maradona va Lionel Messidan ko‘ra mukammalroq futbol namoyish qilgani haqidagi fikrni bildirdi.

"Men qirolman, Messi esa oxirgi 15 yilda shahzodaga aylandi. Biroq men Lionelni qirol deb ayta olmayman. Fikrimcha, argentinaliklar orasida eng mukammal futbolchi Messi yoki Maradona emas, balki Alfredo Di Stefano hisoblanadi", deb aytdi Pele.

"Alfredo men o‘ynagan vaqtlarda to‘p surganidan juda xursandman, hattoki o‘shanda o‘ynash yengilroq bo‘lgani rost bo‘lsa-da. Di Stefano va men kabi futbolchilar o‘yini haqida kam narsa bilishadi, chunki bizning o‘yinlarimiz videoyozuvlari juda kam", deb aytdi qirol.

Avvalroq Pele Messini oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini aytgandi.

Top