19:25 / 16.05.2016
15888

Shvartsenegger o‘g‘lini tabriklash uchun sobiq rafiqasi bilan birga keldi

Hollivud aktyori, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger o‘g‘lining bitiruv oqshomida sobiq turmush o‘rtog‘i Mariya Shrayver bilan birga keldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Patrik Shvartsenegger Janubiy Kaliforniya Universitetini tamomladi. 22 yoshli bitiruvchini qo‘llab-quvvatlash uchun uning otasi ham, onasi ham tashrif buyurdi. Marosimdan so‘ng ular birga suratga tushdilar. 

“Shu ikki yaqinimsiz men hech narsaga erisholmasdim. Sizlarga hammasi uchun rahmat. Ikkalangizni ham yaxshi ko‘raman”, - yozib qo‘ydi aktyor o‘z instagram sahifasida, suratlardan biriga izoh berar ekan.

68 yoshli Shvartsenegger haqiqiy erkak bo‘lib voyaga yetgan o‘g‘li bilan g‘ururlanishini bildirdi. 

Shvartsenegger va Shrayverning to‘rt farzandi bor. Juftlik 2011 yili – aktyor nikohdan tashqarida bolasi borligini ma'lum qilgandan keyin ajrashgan. Taxminlarga ko‘ra, er-xotin ajrim ishlarini hamon yakunlamagan.

Top