12:36 / 16.05.2016
6297

Times: Palmira shahrini 3D yordamida tiklash mumkin

Suriyaning Rossiya harbiy kosmik kuchlari yordamida IShID jangarilaridan ozod qilingan qadimgi Palmira shahri tarixiy ko‘rinishi 3D-modellash yordamida qayta tiklanishi mumkin, deb yozmoqda The Times nashri. 

Xabarlarga ko‘ra, Fransiyaning Iconem kompaniyasi mutaxassislari, shaharda  o‘tkazgan suratga olish ishlari va kompyuter yordamida modellashtirishdan so‘ng, Palmira inshootlari barpo etilgan ko‘plab toshlar butunligini aniqlashgan. 

Mutaxassislar kompyuter simulyatsiyasi vositasida eski suratlar ko‘magida tarixiy binolarni tiklay olishgan. Shundan so‘ng, ular portlash natijalarida atrofga tarqalib ketgan toshlarni, asl joylariga qiyoslagan. Bu rekonstruksiya chog‘ida toshlarni to‘g‘ri joylashtirishga asos bo‘ladi. 

Bundan avval, Davlat ermitaji rahbari va Rossiya muzeylar ittifoqi prezidenti, Mixail Piotrovskiy, Suriya hukumatining Palmirani tiklash rejasi mavjudligi xususida ma'lum qilgan edi.

Top