11:26 / 16.05.2016
4669

Tojikiston prezidentining Kuvaytga tashrifi chog‘ida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha 6ta hujjat imzolandi

15 may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Kuvayt davlatiga rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Tojikiston prezidentining matbuot xizmati bildirishicha, Kuvayt davlati 1995 yilda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif buyurgan birinchi arab davlati bo‘lgan. 

Tojikiston va Kuvayt o‘rtasida eng birinchi imzolangan huquqiy kelishuv hujjatlari ikki tomonlama investitsiyalar himoyasi va ularni rag‘batlantirish haqida, iqtisodiyot, savdo-sotiq, fan va texnika, shuningdek axborot va siyosiy maslahatlar sohasiga oid bo‘lgan.

Tojikiston va Kuvayt o‘rtasidagi yuqori darajali uchrashuv va muzokaralar kunning ikkinchi yarmida Devoni Amirning katta zalida bo‘lib o‘tdi. 

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Kuvayt davlati amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh hamda voris shahzoda shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bilan bo‘lib o‘tgan do‘stona va samimiy suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining rivojlanishi va kengaytirilishiga oid ko‘plab masalalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish, ayniqsa savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni mustahkamlash, shuningdek energetik, transport va infratuzilma loyihalaridagi ishtirokiga oid masalalar hal qilib olindi. 

Ikki mamlakatning parlamentlararo aloqalari va o‘zaro huquqiy muzokara asoslarini mustahkamlashga doir fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Tojikiston tomon mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga Kuvayt investitsiyalarining jalb qilinishiga qiziqishini ta'kidladi. 

Tojikiston va Kuvayt xalqi o‘rtasidagi ijtimoiy va do‘stona aloqalarni mustahkamlashda sport va yoshlar, fan va ta'lim, madaniyat va sog‘liqni saqlash kabi sohalar muhim omil sifatida qayd qilindi. 

Shuningdek, tomonlar muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro masalalarni ham muhokama qilishdi.

Top