09:57 / 16.05.2016
35118

O‘zbekistondagi o‘quv markazida o‘qib, nufuzli chet el universiteti diplomini qo‘lga kiritish haqida bilib oling

O‘zbekistondagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini har yili 500 mingdan ortiq o‘quvchi tamomlaydi, biroq ularning faqat 60 mingga yaqini oliy o‘quv yurtlari talabasiga aylanadi.

«Fast and Easy» o‘quv markazi mamlakatimizning qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, o‘z ustida ishlashga tayyor, eng asosiysi, nufuzli mahalliy va xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarda karera qilish istagida bo‘lgan tirishqoq yoshlarni ACCA (Association of Chartered Certified Accountans) kursini o‘rganish vositasida Angliyadagi nufuzli Oksford-Bruks universiteti bakalavr diplomini qo‘lga kiritishga chorlaydi.

O‘zbekiston Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2015—2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan, keyingi yillar davomida O‘zbekistonda ayniqsa xalqaro buxgalteriya standartlari yo‘nalishida zarur bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislarga bo‘lgan talab sezilarli oshishi kutilmoqda. «Fast and Easy» o‘quv markazining joriy taklifi esa ushbu farmonidan kelib chiqqan talablar ijrosini ta’minlash yo‘lidagi kamtarona bir harakatdir.

1904 yilda asos solingan ACCA (Association of Chartered Certified Accountans) bugungi kunda professional doiralarda yuqori maqomga ega oliy toifali buxgalterlarning eng yirik xalqaro kasbiy tashkiloti bo‘lib, mazkur — ACCA malakasiga ega bo‘lish xalqaro miqyosda eng obro‘li ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Dunyoning qariyb barcha davlatlari tomonidan tan olinadigan ACCA kursi moliyaviy masalalar bo‘yicha direktorlar, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, moliyaviy tahlilchilar, shuningdek, professional ta’lim olish niyatida bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan. ACCA kursida ta’lim olayotganlar va, eng asosiysi, ACCA imtihonlarini muvvafaqiyatli topshirgan talabalar parallel ravishda Oksford-Bruks universitetining buxgalteriya hisobi bo‘yicha bakalavr diplomini ham qo‘lga kiritishi mumkin.

O‘zbekistonlik talabgorlarda «Fast and Easy» o‘quv markazida ACCA kurslarini to‘liq o‘qib, Oksford-Bruks universitetining bakalavr darajasini olish uchun zarur barcha bilimlarni chuqur egallash imkoniyati mavjud. Agar talaba ingliz tilini bilsa (IELTS’da 6 dan yuqori ballga ega bo‘lsa), Oksford-Bruks universiteti diplomi va ACCA diplomini qo‘lga kiritish uchun 4 yil, agar talaba ingliz tilida zarur ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, 5 yil kerak bo‘ladi (bunda «Fast and Easy» ta’limning birinchi yilida talabaga ingliz tili va matematika bo‘yicha saboq beradi). Talabgorlar ko‘pligi sabab, «Fast and Easy» o‘quv markazi 5 yillik dasturga imtihon asosida qabul e’lon qilgan.

ACCA o‘quv kurslarining har bir yo‘nalishi bo‘yicha darslar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. 4—5 yillik o‘quv davri mobaynida kollej bitiruvchisi hisoblangan talaba 14 ta, universitetni tamomlab, so‘ng ACCA kurslariga yozilgan tinglovchi esa 9 ta imtihon topshiradi (imtihonlarning bari masofadan turib, O‘zbekistonda — British Council vakolatxonasida yoki «Fast and Easy» o‘quv markazida topshiriladi), asosiy imtihon — diplom himoyasi esa Angliyaning bevosita Oksford-Bruks universiteti professorlari tomonidan o‘tkaziladi.

Muvaffaqiyatli diplom himoyasi — nufuzli mahalliy va xalqaro moliya, sug‘urta, buxgalteriya kompaniyalari, tashkilotlari va banklardagi unumli faoliyat debochasi uchun asosdir. «Fast and Easy» o‘quv markazi mutaxassislari o‘z talabalari faqat va faqat muvaffaqiyatli diplom himoyasi uchun tayyorlaydi. Asosiysi, O‘zbekistondagi o‘quv markazida o‘qib, chet eldagi nufuzli va O‘zbekistonda ham tan olinadigan oliy ta’lim muassasasi diplomini qo‘lga kiritasiz.

Murojaat uchun telefon:

(+998-95) 195-88-48
(+998-97) 703-85-23

Reklama huquqi asosida. Xizmat litsenziyalangan. «Fast and Easy» NTM xizmat ko‘rsatadi.
 

Top