11:13 / 16.05.2016
3102

Uzoq Sharqda 5,5 ming gektar o‘rmon yonib ketdi

O‘tgan kun davomida Uzoq Sharq hududida 50dan ortiq tabiiy yong‘inlar qayd etildi. Olov 5,5 ming gektar o‘rmonni qamragan.

Dushanba kuni tongiga qadar 17ta yong‘in o‘chog‘i bartaraf etildi. Bu haqda Uzoq Sharq federal okrugi bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi departamenti ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi. 

“17ta yong‘in o‘chog‘i bartaraf etildi, 33ta yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish ishlari davom etmoqda”, - deyiladi departament xabarida. 

Aniqlanishicha, o‘tgan kun davomida eng ko‘p yong‘in Amur viloyatida kuzatilgan. Bu yerda 5,24 ming gektar maydonda 25ta yong‘in o‘chog‘i aniqlandi. Dushanba tongi holati bo‘yicha 15ta yong‘in o‘chog‘i hamon bartaraf etilmagan. Xabarovsk hududida 150 gektar maydonda 11ta yong‘in yuzaga keldi. Shuningdek, Yoqutistonda to‘rtta, Saxalinda bitta yong‘in holatlari qayd etilgan. 

Yong‘inni bartaraf etish uchun mingdan ortiq kishi va deyarli 170ta texnika jalb etilgan.

Top