17:44 / 16.05.2016
3665

Zotac kompaniyasi kichik brelok-kompyuterlarni taqdim etdi

NVIDIA protsessorlari asosida ixcham kompyuterlar, video kartalar yaratuvchi Zotac International kompaniyasi  yangi ZBOX Mini PC miniatyura kompyuterlarini taqdim etdi. Kompyuter xuddi katta fleshka shaklida bo‘lib, uning ichiga ikki qurilma joylashtirilgan: passiv sovutish tizimli PI221 va faol sovutuvchi PI220 (SmartFan ventilyatori ko‘rinishida).

Mitti kompyuterda Intel Atom x5-Z8300 (Cherry Trail) to‘rt yadroli 14-nm protsessori, 2 GBli DDR3L-RS1600 operativ xotira, 32 GB flesh-karta, Ethernet (100 Mbit/s) porti, simsiz Wi-Fi (802.11ac) moduli, Bluetooth 4.0, USB 3.0 va HDMI ulagichi hamda microSD kartalari uchun joy o‘rnatilgan. Yangi qurilma Windows 10 Home operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. ZBOX Mini PC kompyuterining narxi va qachon sotuvga chiqishi hozircha ma'lum emas.  

 

 

 


 

Top