16:28 / 17.05.2016
17616

Anjyelina Joli haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatmi?

Gollivud aktrisasi Anjyelina Joli tashqi ko‘rinishi bilan yana bir bor ommani hayratga soldi. Shov-shuvlarga qaraganda, aktrisaning yaqinlari uni ozroq bo‘lsada vazn olishini yolvorib so‘rashayotgan ekan.

Joli qochqinlar masalasi bo‘yicha jonli efirda intervyu berayotgan paytda, ko‘pchilikning e'tibori bir narsaga qaratildi. Bir qarashda, aktrisa odatiy ko‘rinishda edi, kiyib olganbejirim kuylagi tizzalaridan biroz ko‘tarilib turardi. Taqinchoqlar bilan yasangan, makiyajni minimum ishlatgan edi. 

Aynan shu efir vaqtida Joli jurnalist ayol bilan gaplashgani o‘tirdi va shunda uning oyoqlari ko‘rinib ketdi. Unda aktrisaning cho‘pdek ozib ketgan oyoqlari yaqqol ko‘rinib turardi. 

Aytishlariga qaraganda, uning yaqinlari ozroq bo‘lsada, vazn to‘plashini iltimos qilishayotgan ekan. Anjyelenaning o‘zi esa, judayam ajoyib ko‘rinishga ega ekanligini va o‘zgarishga ehtiyoj sezmayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Yana bir ana shunday shov-shuvlardan biri aktrisaning vazni 35 kilogrammga tushib ketgani haqidagi gap-so‘zlardir. Mutaxassislarning fikricha, Joli yana besh kg.ga ozsa, unda o‘lim bilan yuzma-yuz keladi.

Top