15:12 / 17.05.2016
10338

"Bahor nafasi" nomli simfonik orkestr konserti Farg‘ona ahlini hushnud etdi

Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmish “Yoshlar simfonik orkestri”ning “Bahor nafasi” nomli konsert-dasturi orqali Farg‘ona ahli chin san'at namunalaridan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldilar.

Otabek Muhammadzohid talqinidagi “Fasli navbahor” taronasi bilan boshlangan dastur san'ati orqali jahonga mashhur bo‘lgan Shirin Mamatova, Barno Ismatullayeva va boshqa opera xonandalarining jonli ijrolari bilan davom etdi.

O‘zbek milliy kuy va qo‘shiqlari, jahon opera san'atining sara namunalaridan tashkil topgan dastur 5 000 kishini qamrab olgan viloyat teatr-konsert saroyini haqiqiy musiqa kechasiga aylantirdi.

Farg‘onada yoshlar festivaliga start berildi

Farg‘onada «Biz buyuk yurt farzandlarimiz!» yoshlar festivali davom etmoqda

Top