20:24 / 17.05.2016
4351

Iroqda imtihon paytida internetni butunlay o‘chirib qo‘yishdi

Iroqdagi maktablardan birida o‘tkazilgan imtihon vaqtida internet tarmog‘ini butunlay o‘chirib qo‘yishdi. Bu haqda The Atlantic xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, maktablardan biridagi beshinchi sinf o‘quvchilaridan imtihon olinayotgan paytda internet tarmog‘i o‘chirib qo‘yilgan. Bu haqda DYN Research tahliliy kompaniyasi xabar bergan. Xabarlarga ko‘ra, tamroq 14, 15 va 16 may kunlari har kuni mahalliy vaqt bilan 5 dan 8 ga qadar o‘chirib qo‘yilgan.

Iroq hukumatining ta'kidlashicha, bu maktab dasturidagi imtihon materiallarini tarmoqdan olib, foydalanishning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan choradir.

Top