16:55 / 17.05.2016
3599

Tailand hukumati o‘z orollaridan birini sayyohlar uchun yopib qo‘yishga qaror qildi

Tailand rasmiylari Tachay oroliga sayyohlar tashrifini taqiqlab qo‘yadi. Bu haqda BBC News xabar bergan.

Andaman dengizidagi Similan orollari tarkibiga kiradigan, Pxangnga viloyati hududida hisoblanuvchi Ko Tachay oroli dayverlar orasida mashhur.

Rasmiylar bu qaror orol ekologiyasiga sayyohlar tomonidan yetkazilgan zarar tufayli uning ekologiyasini bir muddat davomida tiklash zaruriyati paydo bo‘lgani bilan izohlashmoqda.

Tailandda dengizdagi milliy bog‘larning aksar qismi yomg‘irlar mavsumi tufayli may oyi o‘rtalaridan oktabr oyi yarmigacha yopiq bo‘ladi. Biroq sayyohlarga ushbu muddat yakunlanganidan keyin ham Ko Tachayga kelish man etilishi taxmin qilinmoqda.

"12 kvadrat kilometr maydonga ega orol aslida sayohat uchun mo‘ljallanmagan. Uning plyaji yiliga 70 kishi kelishi uchun mo‘ljallangan, lekin buning o‘rniga 1000ga yaqin kishi kelishi kuzatilmoqda. Qolaversa, orol sayyohlik qayiqlari va taom sotiladigan do‘konchalarga to‘lib ketadi. Shu sababli Ko Tachay ekologiyasi buzilib bormoqda", deya milliy bog‘ departamenti rahbari Tuni Netitammakulaning so‘zlarini keltiradi The Bangkok Post nashri.

Top