08:10 / 17.05.2016
19541

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlar bolalagani ma'lum qilindi

Toshkent hayvonot bog‘i o‘z saytida bog‘da saqlanuvchi hayvonlar zurriyot dunyoga keltirgani ma'lum qilindi.

"Tuyoqli hayvonlar qafasida haqiqiy bebi-bum bo‘lmoqda. Tuyalar, lamalar, yolli qo‘chqorlar, dog‘-dog‘ kiyiklar, jayronlar va qulog‘i osilib turadigan nubiya echkilari o‘z zurriyotlarini parvarish qilmoqda", deb yozmoqda hayvonot bog‘i. 

Suvda suzuvchi qushlar ham ortda qolmayapti – oq laylaklar, ibislar, qoravoy, chayka, kazarka (yovvoyi g‘oz turi) va boshqa o‘rdaksimon qushlar o‘z zurriyotlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishmoqda. Shuningdek, noyob qora laylaklar ham zurriyot dunyoga keltirishi kutilmoqda.

Kanada bo‘risi va chiya bo‘ri ham bolaladi, ularni ikki oylardan keyin ko‘rish mumkin bo‘ladi. Hozirda maymunsimonlar orasidan yava makakasi, lapunder va olovrang langurning bolalarini ko‘rish mumkin.

 

Top