17:11 / 17.05.2016
3678

Turkiya parlamenti deputatlarni daxlsizlikdan mahrum etishi mumkin

Turkiya Respublikasi parlamenti, xalq vakillarini jinoiy ishlarga oid ta'qib qilish bo‘yicha daxlsizlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshlamoqda. Bu haqda, kurdparast Xalq demokratik partiyasi parlament fraksiyasi rahbari Salohiddin Demirtash The Guardian nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Siyosatchining aytishicha, mazkur tashabbus Turkiya prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘an rahbariyatidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasiga tegishli. Demirtashning fikricha, ushbu g‘oyadan ko‘zlangan bosh maqsad – muxolifatga zarba berishdir. 

«Qonun loyihasi Turkiyaga salbiy ta'sir etadi va aftidan deputatlarni jinoiy javobargarlik daxlsizligidan mahrum etish bizga qarshi qaratilgan», — degan Demirtash va mamlakatda zo‘ravonliklar to‘lqini boshlanishi borasida «jiddiy ehtimol» mavjudligini qo‘shimcha qilgan. Chunki qonun loyihasi qabul qilinishi bilan «demokratiya va tinchlik siyosatiga bo‘lgan ishonch chippakka aylanadi».

Mazkur qonun loyihasi bo‘yicha yakuniy qaror 20 may kuni qabul qilinadi, deb yozadi gazeta.

Top