15:31 / 17.05.2016
3383

WhatsApp Android-qurilmalar uchun videoqo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazmoqda

WhatsApp messenjeri dasturchilari videoqo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi funksiyadan messenjerning beta-talqinida Android-qurilmalar uchun foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi. Bu haqda The Verge xabar beradi.

Videoqo‘ng‘iroqlar faqat dasturning yangi talqinini sinovdan o‘tkazishda ishtirok etgan foydalanuvchilardagina paydo bo‘ldi. Nashrning so‘zlariga ko‘ra,  WhatsApp  videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoniyatini masofadan turib yoqishi yoki o‘chirishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya ovozli qo‘ng‘iroqlarni ishga tushirishga ham tayyorlanmoqda. 

Yangilangan funksiyalarga ega messenjer Skype, FaceTime, Hangouts va Facebook Messenger uchun katta xavf tug‘dirishi kutilmoqda.
 

Top