10:17 / 17.05.2016
4843

"Zenit" keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etmaydigan bo‘ldi

"Rostov" jamoasi futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 29-turida Yekaterinburgning "Ural" jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba jamoaga keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun beriladigan 2 yo‘llanmadan biriga egalik qilish imkonini berdi.

O‘yindagi yagona gol 74-daqiqada eronlik yosh hujumchi Serdar Azmun tomonidan urildi. 82-daqiqada "Ural" futbolchisi Artem Fidler ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgan.

Bu g‘alaba "Rostov" uchun chempionatdagi ikkinchi o‘rinni kafolatladi. Rossiya chempionatining ikkinchi o‘rini sohibi esa YeChLga saralashning 3-bosqichida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ayni vaqtda "Rostov" ochkolari sonini 60taga yetkazgan holda turnir jadvalining ikkinchi o‘rinida joylashgan. Birinchi o‘rindagi TsSKA hisobida mavsum yakuniga 1 tur qolganida 62 ochko yig‘ilgan. 29-turda "Lokomotiv"ni yenga olmagan "Zenit" 56 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. 

Bu piterliklar jamoasining 2008 yildan buyon ilk marta YeChLda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lishi hisoblanadi.

Chempionatning oxirgi turida, 21 may kuyem "Rostov" Grozniyning "Terek" klubi maydoniga safar qiladi. "Rostov" o‘z o‘yinida g‘alaba qozonsa va TsSKA safarda Qozonning "Rubin" jamoasini yenga olmasa, Qurbon Berdiyev shogirdlari oltin medallarga ega bo‘lishi ham mumkin.

Top