11:28 / 18.05.2016
3588

Chex APL mavsumida eng ko‘p "quruq" o‘yin o‘tkazib, to‘rtinchi marta «Oltin qo‘lqop» oldi

«Arsenal» jamoasi darvozaboni Petr Chex Angliya chempionatining joriy mavsumida 16ta "quruq" o‘yin o‘tkazib, APLda eng kam gol o‘tkazgan darvozabonlarga beriladigan «Oltin qo‘lqop» sovriniga ega bo‘ldi. 

Ushbu mukofotga, shuningdek, «Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea ham da'vogarlik qilgandi. Biroq,  «Bornmut»ga qarshi (3:1) uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Kris Smolling avtogol muallifi bo‘ldi va ispaniyalik posbonning "quruq" seriyali o‘yinlari soni 15 taligicha qolib ketdi. 

Qayd etish kerakki, Chex to‘rtinchi bor «Oltin qo‘lqop» mukofotiga loyiq bo‘ldi. «Manchester Siti» darvozaboni Jo Hartda ham shuddi shuncha «Oltin qo‘lqop» mavjud. 

Bundan tashqari, Chex bunday mukofotni ikki jamoada («Chelsi», «Arsenal») qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi.

Top