12:51 / 18.05.2016
3499

Hillari Klinton "Hard choices" kitobi orqali 5 million dollardan ortiq pul ishlab oldi

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton 17 may kuni 2015 yilning 1 yanvaridan to hozirgi davrgacha qo‘lga kiritgan daromadi haqida ma'lumot berdi. Bu haqida Rambler.ru nashri xabar berdi

Amerikaning sobiq birinchi raqamli xonimi va bosh kotibi daromadlarining katta qismini Hard choices ("Qiyin tanlov") bestseller kitobi uchun olgan 5 million dollardan ortiq gonorari tashkil etdi. Mazkur kitobda uning 2008 yildagi saylovlarda Barak Obama bilan olib borgan muvaffaqiyatsiz kurashi hamda 2009-2013 yillarda bosh kotib lavozimida yuritgan faoliyati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Kitob turli bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, bestseller darajasiga ko‘tarildi. 

Shuningdek, Klinton Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni soliq dekloratsiyasini taqdim etishga chaqirdi. Bu hujjat orqali uning moliyaviy ahvoli va tanqid uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Klinton AQSh prezidentligiga da'vogar barcha nomzodlar 1976 yildan buyon o‘z soliq dekloratsiyasini keng ommaga taqdim etishini eslatib o‘tgan. 

17 may kuni Tramp 2015 yilning iyulidan boshlab qo‘lga kiritgan daromadlari to‘g‘risida ma'lumot taqdim etib, 557 million dollar ishlab topganini hamda shu bilan o‘z moliyaviy ahvolini 10 milliard dollardan ortiq summaga boyitganini bildirgan. Biroq Trampning soliq dekloratsiyasisiz uning moliyaviy ahvolini mustaqil baholashning deyarli iloji yo‘q.

Top