16:00 / 18.05.2016
15583

Instagram tarmog‘i yulduzi mashhur ayollar suratini qayta jonlantirmoqda

Instagram yulduzi Annaliz Mariya Fransin mashhur ayollar suratini qayta yaratmoqda, deb yozadi Cosmopolitan nashri. 

"Aksariyat odamlar mo‘'jiza yordamida o‘zlarining sevimli yulduzlariga aylanib qolishni faqat orzu qilishadi, lekin instagramning bir yulduzi buni haqiqatga aylantirmoqda", - deb yozadi manba. 

17 yoshli Fransin avaal yashab o‘tgan yoki o‘ylab topilgan mashhur qahramonlar obraziga kirmoqda. Jumladan u aktrisalar Odri Xepbern va Viven Li, "Anna Frank kundaligi" muallifi siymolarini jonlantirdi. Undan tashqari, Fransin ertakdagi Oppog‘oy hamda Yan Vermeyerning "Marvarid zirakli qiz" kartinasi qahramoni obrazida o‘zini sinab ko‘rdi.

Fransin o‘zini shunchaki "jonli tasavvur hamda yuksak orzularga ega qiz" deb hisoblaydi.

 

Top