08:14 / 18.05.2016
4326

«Manchester Yunayted» 2016/17 yilgi mavsumda YeChLda ishtirok etmaydi

Angliya chempionatining 38-turi doirasida qoldirilgan o‘yinda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi va g‘alaba qozondi — 3:1. 

Ammo bu natija mankunianliklarning YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun yetarli bo‘lmadi. Lui van Gaal shogirdlari raqibni 19ta to‘p farqi bilan yengishi talab etilardi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Yunayted» o‘z ochkolari sonini 66taga yetkazdi va mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa hafta so‘ngida Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi.

APL, 38-tur
Manchester Yunayted – Bornmut 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 43 Runi, 2:0 – 74 Reshford, 3:0 – 87 Yang, 3:1 – 90, avtogol Smolling. 
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Bortuik-Jyekson, Valensiya, Mata (Errera, 75), Kerrik, Lingard, Reshford (Depay, 79), Marsiyal (Yang, 84), Runi.
Bornmut – Federichi, Kuk, Deniels, Frensis, Elfik, Pyu (Gradel, 66), Gosling, Ritchi, Serman, King (Afobe, 67), Uilson (Grebben, 79).
Ogohlantirish: Mata (66).

Top