17:27 / 19.05.2016
17699

BAA dirhami 43 yoshda: 1 dirhamga nima sotib olish mumkin?

Dirham birinchi marta 1973 yilning 19 mayida, Birlashgan Arab Amirligi tashkil topgan kundan 534 kun o‘tib joriy qilingan. 

Shu munosabat bilan bugun e'tiboringizga bir dirhamga sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini havola etamiz.

1. Konus muzqaymog‘i
BAA yil bo‘yi quyosh qizdirib turadigan mamlakat, shu bois bunday makonda muzqaymoqdan yaxshi narsa bormi?!

2. Chipslar
Bu foydali iste'mol mahsuloti emasligini yaxshi bilamiz, lekin ular kutilmagan vaziyatlarda qo‘l keladi. 

3. Idishlardagi suv
U issiq kunda chanqoqni qoldirish uchun hayotiy muhim bo‘lgan manbalardan biri. 

4. Karamel
U shirinlikni sevuvchilar uchun olam-olam huzur bag‘ishlaydi.

5. Mevali yogurt
Shirin, ammo foydali narsa yegingiz kelyaptimi? Unda mevali yogurtlar siz uchun ajoyib tuhfa.

6. Choki-choki shokoladi
Bir dirhamga sotib olish mumkin bo‘lgan BAAdagi mashhur shokolad.

7. Mevali sharbat
Agar siz chanqasangiz-u, suv chanqog‘ingizni bosa olmasa, u holda mevali sharbatlar sizni tetiklashtirishga yordam beradi. 

8. Meva va sabzavotlar
Agar to‘g‘ri ovqatlanish tarafdori bo‘lsangiz, olma, banan kabi mevalar yoki bodring va karam kabi sabzavotlar siz uchun ayni muddao. 

9. Somsa
Kim bunday mazali yegulikdan voz kecha oladi? BAAda uchburchak shakldagi somsalar ichidagi qiyma tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin. O‘zingizga ma'qul keladiganini tanlang va choy bilan maza qilib iste'mol qiling.

10. Falafel
Sevimli narsaga qarshi chiqish qiyin. Shunday ekan, Deyr nohiyasida bir dirhamga 2 falafel topish muammo emas. 

11. Paraza
Bu BAAdagi qatlama nondir.

12. Choy
Issiq shirin choyga nima yetsin!

13. Chupa-chups
Kim shirin konfetlarni yaxshi ko‘radi? Bu kichkinagina shirinlik har qanday bulutli havoda dilni yoritadi.

14. Pufak saqichlar
Pufak saqichlarni chaynashni istasangiz, bir dirham bersangiz, kifoya! Ushbu rang-barang saqichlar sotuvchi maskan bolalarning sevimli joyiga aylangan. 

15. Savat
Aksariyat supermarketlarda bir dirham evaziga mahsulotlarni soladigan katta savat beriladi. 

16. Ruchka/Qalam
Bu bo‘limda bolalar o‘zlariga kerakli bo‘lgan yozuv qurolini bir dirham evaziga olishlari mumkin.

17. Yuz salfetkalari
Har kuni qandaydir muammo yuzaga kelishi mumkin, agar sizda yuz salfetkalari bo‘lsa, hamma narsaning uddasidan chiqa olishingizni yaxshi bilasiz. 

18. Ko‘katlar
Bu har qanday taomga xushbo‘y ta'm bag‘ishlovchi sirli o‘tlar. Ularning bir bog‘i bir dirhamdan kam qiymatda sotiladi.

19. Laban
Issiqni haydovchi eng yaxshi ichimlik. Laban BAA aholisining eng sevimli ichimligi, uning narxi ham bir dirhamdan kam. 

20. Xayriya 
Oxirgisi, ammo uning ham ahamiyati katta. Bu yerda siz Qizil yarimoy jamiyatiga xayriya sifatida dirham ulashishingiz mumkin.

Top