17:33 / 19.05.2016
5712

Kim Chen Inning singlisi turmushga chiqqani to‘g‘risidagi mish-mishlar inkor etildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Yo Chen turmushga chiqqani to‘g‘risida ancha oldinroq shov-shuvga aylangan xabarlar rad etildi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar tarqatdi. 

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Yo Chenning yuqori mansabdorning o‘g‘liga turmushga chiqqani to‘g‘risidagi gap-so‘zlar faqat mish-mish ekanini bildirdi. 

Bu ma'lumotni Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir qo‘li ostida sushi-shef bo‘lib ishlagan Kendzi Fudzimoto ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Yo Chen o‘tgan oyda ham turmushga chiqmagan edi.

Top