17:26 / 19.05.2016
5891

Ukraina fuqarolari "puylo" so‘zini ukrain tiliga qo‘shishni talab qilishmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan ukrain tili me'yorlarini o‘zgartirib, «puylo» so‘zini lug‘atga kiritishni so‘rashmoqda. Bu haqda, prezident saytidagi petitsiyada so‘z yuritilgan. 

«Xalq ta'limi vazirligiga ukrain tili me'yorlariga o‘zgartirish kiritish, xususan zamonaviy ukrain tili lug‘atini xalq iste'molidagi «puylo» so‘zi bilan boyitishni topshirish. Ushbu so‘z, zamonaviy madaniyatda "nimadir" so‘zining sinonimi sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda va inson mantig‘iga mos kelmaydigan noma'lum jism yoki jonli mavjudotni bildirmoqda», — deyiladi petitsiyada.

Ayni vaqtda, ushbu petitsiya, uni ko‘rib chiqish uchun lozim bo‘lgan 25 ming imzodan atigi bittaga ega.

Top