15:03 / 19.05.2016
3231

O‘zbekistonlik regbichilar BAA terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi

18 may kunidan boshlab Regbi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi divizioni doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv 65-13 hisobida BAA terma jamoasining qo‘li baland kelishi bilan yakunlandi. O‘yin Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “Do‘stlik” stadionida o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston tomonidan hisob Stanislav Krechunning amalga oshirgan omadli jarimasidan ochildi.  Shundan so‘ng, Turobov Ural va Sa'dullayev Sanjarlar jamoa hisobiga 10 ochko yozib qo‘yishdi.

Aynan shu kuni Tailand-Guam o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 25-16 natijasi bilan Tailand foydasiga hal bo‘ldi.

Top