14:56 / 20.05.2016
3652

Braziliya sobiq bosh vaziri davlat neft korporatsiyasiga rahbar bo‘ldi

Ayni paytda prezidentlik vazifasini bajarayotgan Braziliya vitse-prezidenti Mishel Temer Petrobras davlat neft korporatsiyasiga Pedro Parenteni yangi rahbar etib tayinladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi.

Kompaniyani 2015 yil fevral oyidan boshlab shu paytga qadar Aldemir Bendin boshqargan. Parente avval bir necha vazirlik lavozimlarini egallagan. Jumladan, Energetika vaziri, 2010-2014 yillarda esa Bunge Ltd Amerika agrokorporatsiyasining Braziliya bo‘linmasi rahbariyati tarkibida bo‘lgan. 
Ayni paytda Parente BM&FBovespa SA jamg‘arma bozori operatori direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. 

Petrobras koporatsiyasi yangi rahbarining zimmasiga kompaniyani jahon bozorida neftning holati keltirib chiqargan inqirozdan olib chiqish hamda korruptsion janjallar oqibatida yo‘qotilgan ishonchni qayta tiklash kabi vazifalar yuklanadi.

Top