15:52 / 20.05.2016
6079

Di Kaprioning uyida bir hafta yashash 300 ming yevroga baholandi

Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio o‘z uyida bir haftalik dam olishni savdoga qo‘ydi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qildi. Xaridor 300 ming yevro evaziga artistning Palm-Springs (AQSh)dagi apartamentlarida yashab ko‘rish imkonini qo‘lga kiritdi. 

Kim oshdi savdosi OITSni tadqiq qilish Amerika jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan xayriya auksioni doirasida Fransiyaning Lojuvard qirg‘og‘ida (Cote d'Azur) bo‘lib o‘tdi. 

Di Kaprioning aytishicha, kim oshdi savdosi g‘oliblari yashaydigan paytda u uyida bo‘lmaydi. 
Di Kaprioning uyida 12 mehmonning bir hafta yashashi 300 ming yevroga sotildi. Ikkinchi hafta esa 100 ming yevroga o‘z egasini topdi.

Top