06:14 / 20.05.2016
13867

Islom taraqqiyot banki rahbari o‘zgardi

Islom taraqqiyot banki konservatorlar kengashi Jakarta shahrida o‘tkazayotgan 41-davra yig‘ilishi doirasida Doktor Bandar bin Muhammad Hajjarni  5 yil muddatga Islom taraqqiyot banki prezidenti lavozimiga rasman tasdiqladi.

Ta'kidlash joiz, Doktor Bandar bin Muhammad Hajjar ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Saudiya Arabistoni Haj vaziri vazifasida ishlagan. 

Bankning sobiq Prezidenti Doktor Ahmad Muhammad Ali Madaniyning nafaqaga chiqqani munosabati bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste'foga chiqqani ma'lum qilindi, deb yozadi Muslim.uz portali. 

Top