11:18 / 20.05.2016
12711

OAV: MS804 styuardessasi cho‘kayotgan samolyot fonidagi suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan

Egyptair aviakompaniyasining 19 may kuni O‘rta yer dengizida g‘oyib bo‘lgan samolyoti ekipaj a'zolaridan biri o‘zining Facebook’dagi sahifasiga montaj qilingan suratini qo‘ygan. Unda styuardessa jomadoni bilan ho‘l libosda dengizdan chiqayotgani, ortida cho‘kayotgan samolyotni ko‘rish mumkin, deb xabar qilmoqda "Youm" yangiliklar portali. 

Samar Ezeddin (Samar Ezz Eldin) bu suratini Egyptair aviakompaniyasiga ishga kirishidan bir necha oy muqaddam joylashtirgan. Uning do‘stlari esa, Samar bunday rasmi bilan o‘zining fojiali taqdiri xususida xabar qilgan, deyishmoqda. 

Samar Ezeddin Parijdan Qohiraga parvozni amalga oshirayotgan samolyotning 7 nafar ekipaj a'zosidan biri edi. Havo layneri O‘rta yer dengizida, Gretsiyaning Karpatos oroli yaqinida halokatga uchragani taxmin qilinmoqda. A320 Misr sohillariga 280 kilometr qolganida fojiaga yuz tutgan. Uning bortida, 56 nafar yo‘lovchi va 3 nafar xavfsizlik xizmati xodimi ham bo‘lgan.

Top