21:14 / 20.05.2016
8064

Rogozin: Tojikiston bilan viza tartibi emas, migratsion tartib kerak

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozinning fikricha, Tojikiston bilan viza tartibini kiritish davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin, biroq migratsion siyosatda tartib o‘rnatish kerak. 

Avvalroq Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan viza kiritish zarurligini Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Serebrennikov ma'lum qilgandi. 

14 mayda Moskvaning eng yirik qabristoni bo‘lgan Xovanda 200 kishi ishtirok etgan mushtlashuv bo‘lib o‘tgandi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin kishi jarohat olgandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi qotillik holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv qabristonda xizmat ko‘rsatish hududini bo‘lishish sababli kelib chiqqan. Mushtlashuvda kavkazliklar va o‘rta osiyoliklar ishtirok etgan.

"Masala viza tartibini kiritishda emas, bu esa Tojikiston bilan munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin, balki migratsion siyosat masalalarida tartibni o‘rnatishdan iborat", deb aytdi Rogozin RIA “Novosti” axborot agentligi savoliga javoban Dushanbeda. 

Rogozinning fikricha, Rossiya-Tojikiston komissiyasi doirasida Rossiyadagi tojik diasporasi bilan birgalikdagi ishni tashkillashtirish haqida kelishib olish kerak.

"Tojik diasporasi Rossiyasidagi yirik diaspora va bizga u tegishli ravishda tashkillashtirilishi muhim, fikrimcha, bu masalada biz Tojikiston rahbariyati bilan bir to‘xtamga kela olamiz", deb aytdi Rogozin.

Rogozinning aytishicha, tojik diasporasini o‘z fuqarolarini himoya qila oladigan munosib odamlar boshqarishi kerak. "Aks holda bunday rahbarlar o‘rniga jinoiy elementlar keladi, biz bugun buni ko‘rib turibmiz. Istalgan diaspora agar uni boshqarmasa, shunday holatga tushadi. Shuning uchun ishni viza tartibi haqidagi bekorchi gaplardan emas, balki diaspora bilan ishlashdan boshlash kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Rogozin.

Top