20:10 / 20.05.2016
4764

"Salomatlik” poyezdi Surxondaryo viloyati aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan "Salomatlik” poyezdi Surxondaryo viloyati aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan tibbiy-ijtimoiy aksiya doirasida viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalari va kam ta'minlangan oilalar 300 dan ortiq turdagi dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari, tibbiy anjomlar bilan ta'minlanadi.

Ayni paytga qadar “Salomatlik” poyezdi Sariosiyo, Uzun, Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, ko‘p bolali oilalar, xotin-qizlar, bolalar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga beg‘araz yordam ko‘rsatdi.

Top