09:49 / 20.05.2016
3372

Tayvannaning birinchi ayol rahbari rasman lavozimiga kirishdi

Taybeyda Xitoy Respublikasi ma'muriyati yangi rahbarining o‘z lavozimiga rasman kirishish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muxolifatdagi Demokratik taraqqiyot partiyasi yetakchisi Tsay Inven shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan edi. 

Ungacha Gomindan partiyasi rahbari Ma Intszyu 8 yil mobaynida Tayvan hukumatini boshqargandi. U Tayvanning Xitoy xalq respublikasi bilan qo‘shilishi tarafdori hisoblanadi. 

Tayvan aholisi esa, mamlakat rahbariyatining o‘zgarishidan xursandligini o‘ziga xos usulda nishonlagan.

Top