19:51 / 20.05.2016
33672

Toshkentda yangilangan Chevrolet Captiva namoyish etildi

“Uzavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi Toshkent mexanika zavodi maydonida GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan Chevrolet Captiva krossoverining qayta dizayn qilingan versiyasini birinchi marta namoyish etdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi

Ushbu model shu kunlarda mashinasozlik, avtomobil hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalari majmuasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan sanoat yarmarkasi doirasida taqdim etildi. 

“Bu model O‘zbekistonda 2007 yil oktabr oyidan boshlab ishlab chiqariladi. O‘tgan yillar davomida u ikki marta o‘zgarishga yuz tutdi – uchinchi o‘zgarish esa uni xalqaro bozor namunalari darajasiga olib chiqadi”, - bildirdi kompaniya vakili. 

Asosan mashinaning tashqi ekstereri o‘zgardi – endi u ko‘proq sport mashinasiga o‘xshaydi. Kuzovning old qismiga muhim o‘zgarish kiritilgan. 
Avto intereri ham zamonaviy yangiliklardan bebahra qolmadi. Uch spitsali audiotizim boshqaruv modulli rul chambaragi haydovchilarga ma'qul kelishi aniq.

Top