12:39 / 20.05.2016
5162

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri deputatlarga ma'lumot berdi

19 may kuni O‘zbekiston Xalq Demokratik partiya fraksiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar qildi. 

Deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Olimovning fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ishlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tingladilar. 

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan kengko‘lamli islohotlar ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi darajaga olib chiqqanini eslatib o‘tdi. Bu esa fuqarolar sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. 

Majlisda fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni amalga oshirish masalalariga ham e'tibor qaratildi. Xususan, “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tadbiq etish masalasi muhokama qilindi. 

Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga qonun chiqarish sohasini diqqat bilan qayta ko‘rib chiqish va mavjud qonunchilikni mukammallashtirish borasida takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar  berildi. 

Eshitish so‘nggida Qonunchilik palatasi tegishli qaror qabul qildi.

Top