10:39 / 20.05.2016
5207

O‘zMUda “Men mamlakatimda tinchlikni ta'minlayman” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi saodatli kunlarimiz tinchlik va osoyishtalik bilan yanada totlidir.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori va XDP “Yoshlik” Talabalar shaharchasi kengashi bilan hamkorlikda “Men mamlakatimda tinchlikni ta'minlayman” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida shu haqda atroflicha so‘z yuritildi.

– Dunyoda tobora keskinlashib borayotgan qarama-qarshiliklar tinchlik va barqarorlikka nisbatan o‘ta jiddiy xavf va tahdid solayotganini, bu barchamizdan ogohlik va hushyorlikni talab qilishini bugungi yoshlar ham yaxshi anglaydilar,– dedi O‘zMU prorektori Davlatboy Jumaboyev.– Prezidentimiz Islom Karimov 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatida ta'kidlaganidek, insoniyat tarixidagi eng mudhish va beshafqat, behisob yo‘qotishlarga olib kelgan urushni boshidan kechirgan xalqimiz doimo bitta fikr bilan yashaydi: bunday yovuz ofat hech qachon qaytmasin, ostonamizga yaqin kelmasin. Bizga tinchlik kerak, omonlik kerak.

Davra suhbatida XDP Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri Umurbek Bektemirov, yuridik fanlari doktori, professor Jumanazar Xolmo‘minov, XDP “Yoshlik” Talabalar shaharchasi kengashi raisi Muhabbat Abdullayeva va boshqalarning “Yoshlarni yot g‘oyalar va turli qarashlar ta'siridan asrash – maqsadimiz” loyihasi dorasidagi ma'ruzalari katta qiziqish bilan tinglandi.

Talabalar bu mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Ulug‘bek Usmonov,

O‘zMU Oliy jurnalistika kursi magistranti

Top