06:11 / 20.05.2016
3888

Jon Terrining maoshi avval haftasiga 140 ming funt edi, endi 50 ming funtga tushdi

«Chelsi» sardori jon Terrining maoshi yangi shartnomaga ko‘ra ancha kamayib ketdi.

Ilgari himoyachi haftasiga 140 ming funt sterling maosh olar edi. Endi esa yangi shartnomaga ko‘ra haftasiga 50 ming funt maosh bilan cheklanishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Boz ustiga shartnomaning moliyaviy jihatlari Terrining o‘yiniga bog‘liq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Terri Xitoydan tushgan juda foydali taklifni rad etgan edi. Agar u Antonio Konte ishonchiga erisha olmasa, qishda bu taklifga qaytishi kutilmoqda.

Manba: uff.uz 

Top