20:48 / 21.05.2016
6301

AQSh "qurol-yarog‘lar lobbi"si prezidentlik poygasida Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh Milliy o‘qchilar assotsiatsiyasi, mamlakat prezidentligi uchun saylovoldi kampaniyasida Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp nomzodini rasman qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Kentukki shtati Luisvill shahrida bo‘lib o‘tgan “qurol-yarog‘lar lobbi”si deb ataluvchi yig‘ilishda, Donald Tramp siyosiy raqibi Xillari Klintonni AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan ikkinchi tuzatishga qarshi ekanlikda aybladi. Unda, mamlakat fuqarolarining o‘qotar qurol olib yurish huquqi e'tirof etilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar terrorchilar odamlarda ham qurol borligini bilishganida, Parijdagi teraktlar qurbonlari soni ancha kam bo‘lar edi.

Aytish joizki, Tramp Amerika prezidentligi uchun saylovoldi kampaniyasida partiyadosh raqiblarining barchasini mag‘lub etganiga qaramay, Respublikachilar partiyasining rasmiy nomzodi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan 1237 ovozni to‘play olgani yo‘q. Unga, o‘z orzusiga yetishi uchun 76ta ovoz yetmayapti.

Top