17:53 / 21.05.2016
9588

Halokatga uchragan EgyptAir bo‘laklarining fotosuratlari e'lon qilindi

Misr mudofaa vaziri “feysbuk”dagi o‘z sahifasida Parijdan Qohiraga yo‘l olgan va so‘ngra O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan yo‘qolib qolgan EgyptAir aviakompaniyasi A320 samolyotining bo‘laklari tasvirlangan fotosuratlarni joylashtirdi.

Suratlarda EgyptAir aviakompaniyasining logotiplariga guvoh bo‘lish mumkin. Shuningdek, yo‘lovchilarning buyumlari va qutqaruv nimchasi ham tasvirlangan fotosuratlar joylashtirilgan.

Avvalroq, fransuz ekspertlari OAVda samolyot bortida tutun paydo bo‘lganligi haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlashgan edi.

Top