16:36 / 21.05.2016
8049

Apple mutaxassislari o‘z qurilmalari necha yil ishlashini ma'lum qilishdi

Apple mutaxassislari kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlar o‘rta hisobda necha yil xizmat qilishini ma'lum qilishdi. 

Ularning aniqlashicha, iPhone, iPad hamda Apple Watch o‘rta hisobda 3 yil, iMac, MacBook hamda Apple TV esa 4 yil xizmat qiladi. 

Mutaxassislar qurilmalar to‘g‘ri ishlatilganda bundan ham ko‘proq muddat xizmat qilishi mumkinligi sababli Apple o‘z mahsulotlariga 6 yil davomida servis xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan.

Top