17:32 / 21.05.2016
4447

Misr aviatsiya vazirligi A320 bortida tutun qayd etilganini tasdiqlamayapti

Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi, A320 O‘rta yer dengiziga qulashidan avval, uning bortida yong‘in sodir bo‘lgani yoki tutun qayd etilganini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligi xususida bayonot bergan. Bu haqda Al-Aabiya telekanali xabar qilmoqda. 

«Samolyot bortida tutun qayd etilganini tasdiqlovchi ma'lumot yo‘q», — deyiladi vazirlik bayonotida. 

Bundan avvalroq, internet tarmog‘ida EgyptAir aviakompaniyasi samolyotiga tegishli parchalarning suratlari paydo bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Top