14:10 / 21.05.2016
5807

Muxtor Shaxanov: Inson ustidan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarga barham berish lozim

Qozog‘istonda yer islohotlari bo‘yicha komissiyaning Ostonada bo‘lib o‘tgan ikkinchi yig‘ilishida, shoir Muxtor Shaxanov, ruxsatsiz mitinglar o‘tkazishga chaqirganlarning qo‘lga olinishi bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirib o‘tgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.

«Biz, mamlakatda 40dan ortiq kishi ushlanganidan tashvishdamiz. Fikrimcha, bu insonga nisbatan zo‘ravonlikdir. Agar bu holat davom etadigan bo‘lsa, bizning bu yerda to‘planishimizdan ne naf?» — degan Shaxanov. 

Uning fikricha, bunday salbiy ko‘rinishlarga barham berish lozim. Shaxanovning, nima uchun bu kabi noxushliklar sodir bo‘lmoqda degan savoliga, majlis qatnashchisi, bosh vazir o‘rinbosari Bakitjan Sagintayev: «Yaxshi, biz sizning savolingizga yana qaytamiz. Hozircha, kun tartibiga muvofiq davom etamiz», - deya javob bergan. 

Keyinroq, mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Andrey Kravchenko Shaxanov savoliga izoh berib, «Qozog‘iston huquq-tartibot organlarining ayrim hatti-harakatlari ba'zi kishilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Barcha narsaning o‘z sababi bor. Aytmoqchimanki, huquq idoralarining choralari qonunbuzarlikning oldini olishga qaratilgan edi», — degan. 

Bunda, Kravchenkoning qayd etishicha, 6 maygacha ayrim shaxslarni jiddiy javobgarlikka tortish bo‘yicha hech qanday choralar ko‘rilmagan. Ammo, keyingi ushlanganlar, miting o‘tkazishga ruxsat yo‘qligidan xabardor bo‘lishgan. Ruxsatning mavjud bo‘lishi, miting o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Top